Jamiyat | 11:00 / 30.08.2018
39796
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda diplomi so‘zsiz amal qiladigan xalqaro universitetga imtihonsiz kirish mumkin. Qabul soni cheklangan

Xalqaro universitetlarda ta'lim olish haqida gap ketganda, ko‘pchilikda bir savol tug‘iladi: keyinchalik O‘zbekistonda ishlashim mumkinmi, o‘tkazgan umrim bekor ketmaydimi? Javobni esa biz beramiz! Ma'lumki, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati tasdiqlangan oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshiriladi. Bu ro‘yxatga Ukrainaning Xarkov shahrida joylashgan V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti ham kirgan. Gap shundaki, ushbu universitetni tamomlagan bitiruvchilarning diplomlari hech qanday ortiqcha ovoragarchilik va imtihonlarsiz O‘zbekistonda amal qiladi.

Ushbu universitet jahonda o‘z mavqeiga ega va xalqaro maydonda kuchli mutaxassislar yetishtirish bo‘yicha shuhrat qozongan OTMlardan biri sanaladi. Universitetda 22 ta fakultet mavjud. Unda 12 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularning 5 mingga yaqini xorij fuqarolari. 200 dan ortig‘i esa o‘zbekistonlik yoshlar. Sizda ham ular qatoriga qo‘shilish imkoniyati bor. Bunda 7 yildan buyon o‘zbekistonlik abituriyentlarni Ukrainadagi OTMlarda o‘qishlarini ta'minlab kelayotgan “Inside-A” ta'lim markazi yordam beradi.

Siz nafaqat V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti, balki Ukrainaning 8 nufuzli oliy ta'lim muassasasiga ham bugunoq hech qanday imtihonlarsiz qabul qilinishingiz mumkin. Universitetlar ro‘yxati bilan tanishing:

1. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti

2. Krivograd milliy tibbiyot universiteti

3. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti

4. Xarkov Milliy aerokosmik universiteti

5. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti

6. S.Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti

7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti

8. Xarkov Milliy politexnika universiteti

Yuqorida nomlari keltirilgan universitetlarga imtihonsiz kirgan o‘zbekistonlik yoshlarning birinchi guruhi, ya'ni 8 nafari kecha, 23 avgust kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan Ukrainaga uchib ketdilar.

Talabalarimiz allaqachon zamonaviy, ko‘rkam va barcha shart-sharoitlarga ega yotoqxonaga joylashdilar. Yotoqxonadagi bepul Wi-Fi’ga ulanib, ota-onalariga salom yo‘llashga, bizga esa minnatdorlik bildirishga ham ulgurdilar. Xursandchilikning esa cheki yo‘q!

Navbatdagi guruh – 17 nafar yoshlar Ukrainaga uchib ketishga shay bo‘lib turibdi. Kelgusi guruhda esa siz ham bo‘lishingiz mumkin.

Shoshiling, o‘qishga qabul qilinuvchilar soni chegaralangan. OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

•  Fuqarolik pasporti nusxasi

•  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi

•  Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi

Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Ts-4/32-uy, 31-x

Mo‘ljal: Oloy bozori, metroning Abdulla Kodiriy bekati

Telefonlar: +998977223010, +998974223010, +998974333010

Batafsil ma'lumotlar bilan www.medicaleducation.in.ua sayti orqali tanishishingiz mumkin.

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid