Uchuvchilik, yuristlik, arxitektorlik va 100dan ortiq soha bo‘yicha qisqa muddat ichida Ukrainaning yetakchi universitetlari talabasi bo‘ling!
Abituriyentlar diqqatiga! OTM imtihonlaridan o‘ta olmadingizmi? Tushkunlikka tushmang! O‘zingiz orzu qilgan kasb egasi bo‘lish imkoni sizda hali ham mavjud. Ukraina davlati universitetlarida hech qanday qiyinchiliklarsiz talaba bo‘ling va o‘z orzuingiz sari ilk qadamlarni qo‘ying.
«Inside-A» ta'lim markazi sizga bu borada o‘z xizmatlarini taklif etadi va Ukrainaning quyidagi OTMlariga og‘zaki suhbat asosida (suhbat rus yoki ingliz tilida bo‘ladi) o‘qishga kirish imkoningiz borligini yodga soladi:
1. Xarkov milliy aviatsiya universiteti;
2. Yaroslav Mudryy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti;
3. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti;
4. Xarkov milliy politexnika universiteti;
5. Xarkov milliy tibbiyot universiteti;
6. Xarkov milliy aerokosmik universiteti;
7. Xarkov milliy shahar xo‘jaligi universiteti.
Ushbu universitetlarning bir nechtasi ta'lim sifati bo‘yicha QS xalqaro reytingida TOP-1000 talikka kiradi va dunyoning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanishadi. Ulardan birida tahsil olib, xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz va mutaxassisligingiz bo‘yicha dunyoning istalgan burchagida faoliyatingizni olib borishingiz mumkin, shuningdek ushbu universitetlar diplomi O‘zbekistonda ham nostrifikatsiya orqali amal qiladi, ya'ni TOP-1000 talikka kirgan universitetlar diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyadan o‘tkaziladi.
Xarkov milliy politexnika universiteti rahbariyati O‘zbekistonga kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat politexnika universiteti bilan yaqindan tanishib, yaqin vaqtda, o‘zaro hamkorlikni va ta'limning yangi turlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi (ta'lim dasturlari va talabalar almashinuvi ko‘zda tutilgan). Shu bilan birga, Yaroslav Mudryy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti ham Toshkent davlat yuridik universiteti bilan memorandum imzolagan.
Xo‘sh, nima uchun aynan Ukraina?
Yevropa sifatidagi ta'limning yuqori darajasi. Ukrainaning yetakchi universitetlari uzoq tarixga ega, kuchli o‘qituvchilik maktabiga ega. Ularning aksariyati dunyo miqyosida tan olingan. Ukraina 2005 yildan beri Boloniya deklaratsiyasining ishtirokchisi bo‘lib, Yevropaning 46 mamlakati qatorida talabalar va bitiruvchilarning harakatchanligini oshiradigan standartlashtirilgan ta'lim tizimiga ega.
Ukrainada yashash uchun moslashuvchan sharoitlar va universitetga kirishning oddiy tartibi; o‘zbekistonlik arizachilar uchun vizasiz rejim; Ukraina universitetida talaba bo‘lish qiyinchiliklarsiz, faqatgina og‘zaki suhbat asosida bo‘lishi (suhbat rus yoki ingliz tilida bo‘ladi) – qulay imkoniyat hisoblanadi.
O‘zbekistonda bugun neft va gaz, energetika, texnika, mashinasozlik, muhandislik kabi sohalarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kishilar orasida Xarkov Milliy politexnika universitetini tamomlaganlar ham mavjud.
Hozirgi kunda 500dan ortiq yigit-qizlar firma «Inside-A» orqali tavsiya etilayotgan universitetlarga og‘zaki suhbat asosida o‘qishga topshirib, bugun talabalikning oltin davrini boshdan kechirmoqda.
«Inside-A» ta'lim markazi oldidagi asosiy vazifalar:
- Ukrainada oliy ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga hujjatlarni topshirishda ko‘maklashish;
- Ta'lim uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
- Samolyot chiptalari xaridida ko‘maklashish;
- Talabani OTMni bitirgunga qadar nazorat qilish;
- O‘quv jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimolli muammolarni bartaraf etish.
Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta'lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.
Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta'minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.
OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 15 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- Fuqarolik pasporti nusxasi;
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
- Maktab attestati yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Janggoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.
Mo‘ljal: «G‘ofur G‘ulom» metro bekati, «SEBZOR-MED» klinikasi.
Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010
Batafsil ma'lumot uchun:
Telegram: t.me/insidea
Telegram-bot: t.me/insideAbot
Facebook: fb.com/inside_a_study
Instagram: @inside_a_study
Sayt: insidea.info
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:27 / 30.09.2020
OTMga kirish imtihonlaridan o‘ta olmadingizmi? Sizda hali ham talaba bo‘lish imkoni bor!
15:00 / 31.08.2020
Ukrainaning nufuzli universitetlaridan birining talabasi bo‘lishni xohlaysizmi?
11:00 / 20.08.2019
«Insayd-A»: Diqqat! O‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun muhim xabar
11:00 / 13.08.2019