O‘tgan 10 kun ichida O‘zbekistondagi OTMlarga imtihon topshirib, o‘qishga kira olmagan ayrim abituriyentlar hech qanday imtihonsiz Ukrainadagi OTMlar talabasi bo‘ldilar. Bu – ayni haqiqat. Tez orada 20 nafar yigit-qiz Ukrainaga yo‘l oladi.
Siz ham “Inside-A” ta'lim markazi orqali Ukrainaning quyidagi OTMlariga imtihonsiz o‘qishga kirishingiz mumkin:
1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti;
2. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti;
3. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti;
4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti;
5. Xarkov Milliy politexnika universiteti;
6. S. Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti;
7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti;
8. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi.
Masalan, V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti dunyoning eng nufuzli OTMlari TOP-1000taligiga kirgan bo‘lib, universitetda 22 ta fakultet mavjud. Unda 12 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularning 5 mingga yaqini xorijiy davlatlar fuqarosi hisoblanadi. 200 dan ortig‘i esa o‘zbekistonlik yoshlar. Sizda ham ular qatoriga qo‘shilish imkoniyati bor. Bunda 8 yildan buyon o‘zbekistonlik abituriyentlarni Ukrainadagi OTMlarda o‘qishlarini ta'minlab kelayotgan “Inside-A” ta'lim markazi yordam beradi.
Ko‘pchilikda xorijga borib o‘qishda turli shubha-gumonlar tug‘ilishi tabiiy. Aldashmaydimi, qaynalmaymanmi? Bu kabi savollarga hozirning o‘zida javob berib ketganimiz ma'qul.
“Inside-A” ta'lim markazi 8 yildirki Toshkent-Kiyev o‘rtasida ta'lim borasidagi aloqalarni bog‘lab kelmoqda. Bu vaqt davomida o‘zbekistonlik 800 ga yaqin yoshlar Ukrainadagi OTMlarda o‘qish imkoniga ega bo‘ldilar. Qolaversa, ta'lim markazi ikki mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tgan.









