Jahon | 11:20 / 26.05.2024
6870
7 daqiqa o‘qiladi

Anqarada «Asrlar ta’mlari uchrashuvi: Yetti mintaqada turk oshxonasi» ko‘rgazmasi ochildi - fotolar

21–27 may kunlari o‘tkazilayotgan turk oshxonasi haftaligi munosabati bilan Turkiyaning birinchi xonimi Amine Erdo‘g‘an homiyligida Anqaradagi prezident qarorgohida «Asrlar ta’mlari uchrashuvi: Yetti mintaqada turk oshxonasi» dasturi tashkillashtirildi.

Dasturning ochilishida so‘zga chiqar ekan, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an Anadoluning ming yillar davomida hosil bo‘lgan unumdor o‘lkalariga to‘xtalib, shunday dedi:

«Anadolu xuddi insoniyat, sivilizatsiya va madaniy taraqqiyotining ilm jamg‘armasi kabidir. Ilk urug‘lari o‘n minglab yillar oldin yerga ko‘milgan ajdodlar nasli makonidir. U bir xil tarif bilan ming yillar davomida bir xil osmon ostida, bugungi kunda esa bir xil tariflar bilan pishirilgan qadimiy retseptlar mamlakatidir».

Turk oshxonasi dunyoning mashhur oshxonalari orasida dunyoga juda kam mazali retseptlarini ochganiga e’tibor qaratgan Emine Erdo‘g‘an shunday dedi:

«Maqsadimiz — oshxonamizni dunyoga munosib tarzda tanitish va biz ega bo‘lib turgan madaniy boyligimizni saqlab, kelajakka loyiq holda olib borishdir. Qadrli akademiklar va usta oshpazlar bilan birgalikda «Asrlik retseptlar bilan turk oshxonasi» kitobini nashr etish orqali biz nafaqat oshxona madaniyatimizni tanishtirdik, balki chiqindisiz va barqaror retseptlarimizni ham xalqimiz va butun insoniyat manfaati uchun taklif qildik».

Emine Erdo‘g‘an Turkiya sifatida jamiyatdagi har bir guruhni bir necha asr davomida ta’sir qilgan ko‘plab mamlakatlar xalqlari bilan bir dasturxon atrofida birlashtirgan, chuqur ildiz otgan oshxona madaniyatiga ega bo‘lishning qiymatini bilishini, ozoda, sog‘lom, mahalliy va asil ozuqalardan foydalanish butun insoniyatning huquqiga ega bo‘lishiga ishonishini urg‘uladi.

«Turk oshxonasi — mehnat va sabr-toqat birlashganda yuzaga keladigan mo‘jizaning nomi. Yer haydaydigan, urug‘ ekadigan, ko‘chat o‘tqazadigan, hosilni o‘rganadigan, xamir qoradigan, uni yoyadigan va boshqa barcha mohir qo‘llarning hamkorlikdagi ishidir.

Mamlakatimizning har bir shahrida mahsulot bilan aks etgan va qalbimizni shakllantirgan inson hikoyasi mavjud. Geografik ko‘rsatkichi bilan ro‘yxatga olingan mahsulotlar bilan biz o‘zligimizni shakllantiradigan hikoyalarni ham himoya qilgan bo‘lamiz», — dedi Emine xonim.

Turk oshxonasiga bag‘ishlangan 21–27 may haftaligi turk oshxonasini munosib tarzda targ‘ib qilish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etganiga diqqat qaratgan Emine Erdo‘g‘an, barcha tegishli muassasalar va xalqning qo‘llab quvvatlashi bilan bu haftaning haq qanday millat odami bilan umumiy dasturxon atrofida an’anaviy uchrashuvga aylanishi haqidagi tilaklarini bildirdi.

Turkiyaning birinchi xonimi oziq-ovqatlarning tabiiyligini yo‘qotishning insonga jismoniy zarari bilan birga ma’naviy zarari ham borligini ta’kidlab, shunday davom etdi:

«Dasturxonlar tez pishuvchi gazaklar bilan almashtirilsa, his-tuyg‘ular so‘nadi, sezgirlik pasayadi, xalqlar o‘ziga xosligini yo‘qotib, bir-biriga o‘xshash bo‘la boshlaydi. Qalblarni an’anaviy dasturxonlar ham to‘yindirib qo‘yadi. Ovqat pishgan uy haqiqiy uyga aylanadi, yangi non hidi esa ishonch baxsh etadi. O‘choqning tutuni tinchlik va osoyishtalikning asosidir».

Emine Erdo‘g‘an o‘z nutqida Isroil hujumlari ostida qolgan Falastindagi voqealarga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Falastindagi vahshiylikning madaniy qirg‘inni o‘z ichiga olganini, bir millatni kiyimidan tortib yeguligigacha, tarixiy binolaridan tortib tabiiy go‘zalliklarigacha har jihatdan yo‘q qilishga urinishlar qilinmoqda. Isroil xuddi tovus patlarini olib, o‘zining ustiga yopishmoqchi bo‘lgan qarg‘aning hikoyasidagi kabi Falastinning madaniyati, tarixi va oshxonasini ochiqdan-ochiq o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa ham, haqiqatni baralla aytishda davom etamiz», — Emine xonim.

Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, elchilar va ularning turmush o‘rtoqlari gastronomiya sohasidagi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda turk oshxonasining an’anaviy, sog‘liqqa foydali va chiqindisiz madaniy meros va turk oshxonasining boyligini yetkazib beruvchi videorolik namoyish etildi.

Egey dengizidan Sharqiy Anadolugacha, Qora dengizdan Markaziy Anadolugacha bo‘lgan turli geografik mintaqalarning tabiiy va madaniy merosi va qishloq xo‘jaligi xilma-xilligini aks ettirgan Prezident qarorgohi Ko‘rgazmalar zalidagi mahsulotlarni ko‘zdan kechirgan Emine Erdo‘g‘an mas’ullardan ma’lumot oldi.

Ko‘rgazmada Emine Erdo‘g‘an, o‘z homiyligidagi «To‘qima atlas» loyihasi doirasida tayyorlangan Turk oshxonasi va dasturxon madaniyatini aks ettiruvchi an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Tadbirning foye maydonida tegishli mintaqada madaniyat, turizm va iqtisodiyot kabi ko‘plab sohalarga ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha qiymat yaratadigan Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tgan 21 ta geografik hudud ko‘rsatilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olgan stendlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Bu stendlarda G‘oziantep paxlavasi, Aydin anjiri, Malatya o‘riki, Aydin yeryong‘og‘i, Milas zaytun moyi, Bayramich mevasi, Toshko‘pru sarimsog‘i, Giresun do‘mboq yong‘og‘i, Antakya shirinligi, Suruch anori, Chag‘layanjyerit yong‘og‘i, Gemlik zaytuni, Edremit zaytun moyi, Milas yog‘li zaytun, Ayash pomidori, Edremit ko‘rfazi yashil chiziqli zaytun, Marash kukuni va Ezine pishlog‘i ham kiritilgan.

Shuningdek, tadbirda o‘tmishdan kelajakka meros bo‘lib qolgan ajdodlar urug‘lari ham namoyish etildi. Mehmonlarga luqum, turk qahvasi va bo‘za ichimliklari tortildi.

Istovchilar mazkur ko‘rgazmaga 1 oy davomida tashrif buyurishlari mumkin.

Mavzuga oid