O‘zbekiston doimiy aholisi soni ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 33,3 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,8 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16,5 mln kishini (49,5%) tashkil etdi.
2019 yil 1 aprel holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,4%i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5%i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,1%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2019 yilning yanvar-mart oylarida 159,5 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil etdi hamda 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,2 promillega oshganligi (2018 yilning yanvar-mart oylarida 18,2 promille bo‘lgan) kuzatildi.
2019 yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan)
2019 yilning yanvar-mart oylarida aholining tabiiy o‘sishi 122,4 ming kishini tashkil etib, 2018 yil mos davriga nisbatan 13,0 ming kishiga (2018 yilning yanvar-mart oylarida 109,4 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan.
2019 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 53,7 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 6,5 promilleni tashkil etdi. Tuzilgan nikohlar soni 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Namangan viloyati (19,4%), Toshkent shahri (12,9%), Toshkent (12,8%), Jizzax (11,8%), Andijon (9,1%) va Sirdaryo (9,1%) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda
2019 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 8,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi. Ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Buxoro (25,0%), Namangan (16,7%) va Andijon (11,1%) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. 2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (33,3%), Samarqand va Xorazm (11,1%) viloyatlarida kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
-
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 11:11
-
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Jahon | 11:07
-
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

10:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi

19:48 / 30.04.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?

13:17 / 30.04.2025
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

20:59 / 29.04.2025