Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3,55 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,2 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 30,7 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga, 52,1 foizi esa sohaga doir boshqa xizmatlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 1 trln 642,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 330,6 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 264,3 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 241,9 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida 162,5 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 155 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 142,3 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida — 56,3 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 60,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
21:44 / 05.06.2026