Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
2026 yilning yanvar–fevral oylarida qariyb 4 ming nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish maqsadida xorijga safar qilgan bo‘lib, eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar Rossiya va Janubiy Koreya bo‘lib qolmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida jami 3 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun chet elga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga kamaygan.
Tahlillarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p quyidagi davlatlarga safar qilgan:
- Rossiya — 989 nafar;
- Janubiy Koreya — 679 nafar;
- Qirg‘iziston — 639 nafar;
- Turkiya — 300 nafar;
- Tojikiston — 276 nafar;
- Xitoy — 252 nafar.
Shuningdek, boshqa davlatlarga o‘qish uchun yo‘l olganlar soni 829 nafarni tashkil etgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Rossiya va Janubiy Koreya ta’lim sifati, nisbatan qulay shart-sharoitlar va geografik yaqinligi bilan o‘zbekistonlik yoshlar uchun jozibador yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026