Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Qonunchilik palatasi qarori deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Foto: Zuhal Demirci
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida «Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Qonunchilik palatasi qarori deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qayd qilinishicha, Samarqandni «Millionlik shahar»ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turar-joy va noturar binolarni qurish, aholining uy-joylarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, hududlarni infratuzilma bilan ta’minlash orqali aholiga munosib yashash sharoitini yaratish maqsadida Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.
«Chegaralar o‘zgartirilishi hisobiga Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengayib, yangi investitsiya va qurilish loyihalari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani e’tiborga molik. Ya’ni yangi turistik loyihalar, o‘yin maydonlari, akvapark, havo sharlari, istirohat bog‘lari kabi ko‘ngilochar turizm va dam olish maskanlari tashkil etiladi, yangi yashil hududlar va xizmat ko‘rsatish obektlari va logistika markazlari quriladi», dedi fraksiya a’zosi Diyor Husanov.
Samarqand shahrini «millionlik shahar»ga aylantirish haqida 2021 yildan beri gapirilmoqda. Dastlab buni shu vaqtdagi hokim Erkinjon Turdimov aytgan edi.
Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil noyabr oyida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida keng ko‘lamli ma’muriy-hududiy birlik o‘zgarishlari haqida e’lon qildi. Jumladan, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib berilishini, buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetishini aytgan edi.
Mavzuga oid
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026