Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hamda Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida ötkazilgan tezkor tadbirda qöşni davlatdan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik moddalar töxtatib qolindi.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yaşovçi 1989 va 1992 yillarda tuğilgan 3 nafar fuqaro aylanma yöllar orqali Tojikistonning Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan 14 kg 766 gramm “opiy” va 14 kg 958 gramm “gaşiş” moddalarini olib, davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgan holda Özbekiston hududiga kirib kelayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Şuningdek, yana bir holatda Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari xodimlari tomonidan Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Orzu” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan xususiy avtomaşina garaji közdan keçirildi.
Tekşiruv natijasida maxsus tayyorlangan yaşirin joy — marmar toşlar orasiga 9 kg 40 gramm opiy ekstraksiyasi yaşirilgani aniqlandi.
Qayd etilişiça, bunday turdagi narkotik moddalar odatda xorijdan kontrabanda yöli bilan olib kiriladi.
Har ikki holat böyiça Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Garaj egasini qölga oliş böyiça çoralar körilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, uşbu turdagi jinoyatlar uçun qonunçilikda 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
Fuqarolardan şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatiga 1520 qisqa raqami orqali murojaat qiliş söraldi. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.













