O‘zbekiston | 15:10 / 17.03.2017
47501
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Samarqand viloyati prokuraturasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 15 martdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Zufarov Farhod Mahamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Samarqand viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi”, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga oid