O‘zbekiston | 10:33 / 28.07.2023
6829
2 daqiqa o‘qiladi

29 iyul kuni harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 29 iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23...+25 daraja, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid