Juma kunduzi va şanba kuniga ötar keçasi Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik (yomğir yoğadi, asta-sekin qorga aylanadi) böladi. Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir keçga tomon boşlanadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Şanba kunduzi respublika böyiça barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida uşbu kunlarda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.

Yakşanba kuni respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat keçasi va ertalab Navoiy, Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yoğadi.

Şanba kunduzi havo harorati +5…+8 daraja, şanba va yakşanba kunlari 0…+5 daraja atrofida böladi. Harorat keçalari +2 darajadan –3 darajagaça pasayadi.

Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 yanvarda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. 16 yanvarda ba’zi joylarda kuçli böladi. Qor köçişi xavfi bor.

Toşkent şahrida şanba kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, keçqurun qorga aylanişi mumkin. Harorat +6…+8 daraja böladi. Şanba kuni keçasi va ertalab yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, tuman tuşişi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yoğişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi +1…+3 daraja böladi.

Yakşanba kuni keçasi va ertalab biroz qor yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi –1…+1 daraja kunduzi +3…+5 daraja böladi.