Iş haftasi davomida Özbekiston hududi böyiça quyoşli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori böladi. Harorat keçalari +8…+13 darajani taşkil etadi, kunduz kunlari hafta boşida +20…+25 daraja böladi, hafta oxiriga kelib +23…+28 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +30…+32 darajagaça kötariladi.
10 oktyabr, juma kuni respublika şimolida ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar ilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida havo asosan biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Duşanba kunduzi havo harorati +22…+24 darajani taşkil etadi. Hafta davomida keçalari +9…+12 daraja, kunduz kunlari +23…+26 daraja atrofida böladi.












