Davlat boshqaruvi xodimlari soni 15 foizgacha optimallashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, 2021 yil 1 martga qadar Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis palatalari bilan kelishuv asosida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.
Loyihaga ko‘ra, quyidagi ishlar almashtiriladi:
- boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar, byurokratik to‘siqlar va majlisbozlikni qisqartirish;
- vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish;
- raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish;
- yuqoridagi choralar natijasida davlat boshqaruvi xodimlari sonini mehnat qonunchiligiga qat'iy rioya etgan holda o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtirish;
- vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2021 yil 1 martga qadar O‘rta va quyi bo‘g‘in boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Ushbu loyihaga ko‘ra:
- davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni shakllantirish va ularni takomillashtirish;
- viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun xodimlar soni, maoshini hududning o‘ziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash;
- quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga o‘rgatish, malakasini oshirishning aniq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
07:07 / 23.08.2024
“Tashabbusli budjet”da g‘olib loyihalarni moliyalashtirishga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
14:09 / 21.05.2024
26 mlrd dollar miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi
15:44 / 05.04.2024