Sport | 20:20 / 27.08.2018
7253
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Badiiy gimnastika jamoasi kumush medal oldi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medal kelib tushdi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan, Sabina Toshkenboyeva, Nuriniso Usmonova, Dildora Rahmatova va Asal Ikromovadan iborat O‘zbekiston jamoasi 155,300 ball to‘plab, kumush medal bilan kifoyalandi. Birinchi o‘rin Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi (159,850), Janubiy Koreya uchinchi o‘rinni egalladi (151,100).

Badiiy gimnastikachilar kumush medal olishgan bo‘lishsada, oltin medalni Qozog‘istonga boy berishi, umumiy reytingda qo‘shni davlat delegatsiyasi O‘zbekistonni quvib o‘tishiga sabab bo‘ldi. Endilikda Qozog‘iston hisobidagi oltin medallar soni 7taga yetgan, O‘zbekiston 6 oltin bilan 11-o‘ringa tushib qolgan.

Mavzuga oid