Light | 21:44 / 16.08.2018
49629
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun maktab doskalari yashil rangda?

Zamonaviy maktabning muhim jihozi sanalgan - maktab yoki sinf doskasi o‘quv muassasalarida XIX asrda paydo bo‘lgan. Har bir o‘quvchining yoniga shaxsan kelish o‘rniga endilikda o‘qituvchilar fanni birvarakayiga butun sinfga tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bunday doskalar yog‘ochdan tayyorlanib, keyin qora rangga bo‘yalgan. Bu variant o‘zining arzonligi sabab keng tarqaldi.

Foto: Depositphotos

Keyinchalik rivojlanayotgan sanoat maktablarga plastik va metaldan tayyorlangan doskalarni taklif etdi. Metaldan tayyorlangan bunday maktab jihozi magnitlilik xususiyati sabab, kundalik foydalanish uchun juda qulay edi. Dastlab bunday doskalar qora bo‘yoq bilan qoplangan – bu rangni boshqasiga o‘zgartirish haqida hech kim o‘ylab ko‘rmagan. Qora fonda oppoq bo‘rda yozilgan yozuv aniq ko‘rinadi, deya hisoblangan.

Biroq ilm-fan bir joyda turmaydi. XX asrning o‘rtalarida mutaxassislar tasvirlar bilan uzoq ishlanganida yashil rang ko‘z uchun qulay ekanini aniqlashdi. To‘q yashil rangga bo‘yalgan doskaning sinov partiyasini olgan maktab o‘qituvchilari bu rang, ayniqsa, quyoshli kunlarda ishlash uchun ancha yaxshi ekanini aytishdi.

1960-yillarda yashil rangdagi maktab doskalari dastlab AQSh maktablarini “to‘ldirdi”, keyin esa G‘arbiy Yevropaga keltirildi. Keyinchalik yashil rangdagi maktab doskalari Sharqiy Yevropaga ham kirib keldi. Bugungi kunda qora rangdagi doskalarni hamma yerda ham uchratavermaymiz.

Mavzuga oid