Jamiyat | 19:55 / 25.01.2025
3134
3 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: O‘zbekistonliklar 2024 yilda sog‘lig‘i uchun qancha pul sarfladi?

O‘tgan 2024 yil davomida o‘zbekistonliklar sog‘lig‘i uchun qancha pul sarfladi, qaysi shifokorlarga ko‘proq murojaat qildi? Kun.uz shu mavzuda poytaxtda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

2024 yil davomida O‘zbekistonda aholi sog‘ligiga necha so‘m sarflaganini bilish uchun Kun.uz Toshkent shahrida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 20 dan ortiq kishi qatnashdi. Ishtirokchilar 20-60 yosh oralig‘ini tashkil qilgan.

Ishtirokchilar 1 yilda sog‘lig‘i uchun 200 ming so‘mdan 8 million so‘mgacha sarflaganlarini aytishdi. Qatnashchilarning ko‘pi 1-2 million atrofida pul sarflagan. Shuningdek, so‘rovnomada qatnashganlar orasida yil davomida shifokorga bormagan, dori-darmon olmaganlar ham bor.

So‘rovnomaning ikkinchi qismida aholidan yil davomida qanday kasal bilan og‘rigani va qaysi shifokorga borgani so‘ralgan. Unda 20 yoshlar atrofidagi aksar ishtirokchi stomatologga borganini aytsa, 50 yoshdan oshganlaring ko‘pi, qandli diabet bilan kasallangani, yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘riganini bildirgan.

Shuningdek, ular orasida, gastroenterolog, endokrinolog, lor va oftamologga borganlar ham uchraydi.

To‘liq so‘rovnoma bilan videoda tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Kun.uz Toshkent shahrida so‘rovnoma o‘tkazib, ishtirokchilardan antibiotik olgan yoki yo‘qligi; agar olgan bo‘lsa, qaysi hollarda va qanday antibiotiklar ekani haqida so‘ragandi. So‘rovnomada 30 dan ortiq 18-60 yosh oralig‘idagi aholi qatnashgan. Ularning 30 yoshgacha bo‘lgan 10 nafari 5-8 martagacha antibiotik olganini aytdi. Yana 30 yoshdan yuqori kishilar 3-4 marta, 50 yoshdan yuqorilar esa 1 marta yoki umuman olmaganini ma’lum qildi. Bu raqamlardan butun O‘zbekistonda aholi antibiotikdan shunday foydalanadi deb tushunmaslik kerak, chunki hududlarda antibiotikdan foydalanish poytaxt aholisidagidan ancha ko‘proq ekani ehtimoli yo‘q emas.

Mavzuga oid