Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilgacha 3 mingdan ortiq davlat tibbiyot muassasasi litsenziyalanadi
Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona talablar joriy etilishi to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilindi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, endi mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalari faoliyati yagona talab va standartlar asosida nazorat qilinadi. Qaror tibbiy faoliyatni litsenziyalash va akkreditatsiyalash tizimini shaffoflashtirish, uni bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Qarorda 2030 yilgacha 3 mingdan ortiq davlat tibbiyot muassasasini litsenziyalash talablariga moslashtirish vazifasi belgilangan. Shuningdek, barcha davlat va xususiy klinikalar uchun yagona talablar o‘rnatish, tibbiyot muassasalarining axborot tizimlarini yagona standartlar asosida Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga integratsiya qilish va tibbiy xizmatlar sifatini elektron tizim orqali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
2026 yil 1 iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” tibbiy faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli ishchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur markaz litsenziya berish, litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish va akkreditatsiya jarayonlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boshlab barcha tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmat sifati ustidan ichki nazorat qiluvchi alohida tuzilma bo‘lishi litsenziya talabi etib belgilanadi.
Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 apreldan tibbiyot tashkilotlarining axborot tizimlarini Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga majburiy va bepul integratsiya qilish boshlanadi. Bu orqali tibbiy xizmatlar sifati hamda litsenziya talablariga rioya etilishi masofadan turib elektron nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, 2028 yil 1 apreldan milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan o‘tmagan respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalar bilan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnoma tuza olmaydi.
Mavzuga oid
19:22 / 23.05.2026
O‘zbek jarrohi tomonidan ilk bor masofadan turib robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:27 / 08.05.2026