Jamiyat | 17:55 / 06.02.2017
13892
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yana bir kuchli yer silkinishi ro‘y berdi

Foto: Flickr

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Chanaqqal'a viloyatida 5,3 ball magnitudali takroriy yer silkinishi ro‘y berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan 13.58da sodir bo‘lgan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Avvalroq Yevropa O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi Turkiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida 5,2 magnitudali yer silkinishi ro‘y bergani haqida xabar bergandi. Uning o‘chog‘i Ayvojiq shahridan 26 kilometr g‘arbda va Izmir shahridan 156 kilometr shimoli-g‘arbda bo‘lgan. 

Xabar qilinishicha, Ayvojiq shahri yer silkinishidan ayniqsa ko‘proq jabrlangan, u yerda bir necha inshoot qulab tushdi hamda to‘rt inson jarohat oldi. Shaharga favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarma xodimlari yetib kelgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid