Turkiya AQŞ, Iroq va kurd guruhlarini agar kurdlar Eronga qarşi operatsiyalarga jalb etiladigan bölsa, ularga nisbatan harbiy çoralar körişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Türkiye gazetasi xabar qildi.

Naşrning yozişiça, Eronga hujumlar boşlangaç, Isroil Anqara terrorçi taşkilot deb tan olgan Kurdiston işçilar partiyasi va uning Erondagi PJAK qanoti bilan ularning Eronga qarşi uruşga qöşilişi böyiça kelişuvga erişişga urinmoqda. "Mossad" razvedka xizmati bu guruhlarning qömondonlari bilan muloqot ötkazgan. 

Gazetaning ma’lumot berişiça, mart oyi boşida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va AQŞ prezidenti Donald Tramp örtasidagi telefon orqali muloqotda bu mavzu muhokama qilingan. Erdöğan Eronga qarşi uruşda kurd guruhlaridan foydalaniş ğoyasiga keskin qarşi çiqqan. Kurd taşkilotlariga esa agarda uruşda iştirok etadigan bölişsa, Turkiya ularga "ilgari Suriyada bölgani kabi zarba berişi" haqida aytilgan. 

Şuningdek, qayd etilişiça, turkiyalik mansabdorlar Şimoliy Iroqqa taşrif buyurib, Anqaraning prinsipial pozitsiyasini ma’lum qilişgan va kurd taşkilotlari Eronga hujumlarda iştirok etgan taqdirda Turkiya ularga nisbatan harbiy javob berişga tayyorligini bildirişgan.