O‘zbekiston | 12:15 / 12.12.2020
18942
2 daqiqa o‘qiladi

OTMlarda darslar faqat an'anaviy tarzda o‘tilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalarida 2021 yil 16 yanvardan dars jarayonlari faqat an'anaviy tarzda boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Kun.uz muxbiri mazkur xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu yolg‘on ma'lumot. 

Qayd etilishicha, respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida darslarning an'anaviy tarzda tashkil qilinishi faqat vazirlikka bog‘liq emas. Buning uchun Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. 

«Shuni rasman ma'lum qilamizki, oliy ta'lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an'anaviy ta'lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan. Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va Telegram kanali orqali ma'lum qilinadi», deyilgan vazirlikning rasmiy munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 noyabrdan e'tiboran an'anaviy shaklda davom ettirilmoqda. Bunda talabalarning o‘zi an'anaviy yoki onlayn ta'lim shaklini tanlashi mumkin.

Mavzuga oid