Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi
41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A. Janubiy Koreyaning Seul shahridan 244 metr kvadrat kvartirani 7,4 mlrd vonga (taxminan 5 mln 94 ming dollar) xarid qildi. Bu boy odamlar yashaydigan hashamatli turar joy kompleksidagi eng qimmat tranzaksiya sifatida qayd etilgan. Hisob-kitob to‘liq naqd pulda amalga oshirilgan.
Foto: AP
Janubiy Koreyaning Seul shahridagi mashhur Banpo Xi turar joy kompleksida joylashgan 244㎡ kvartira 7,4 mlrd vonga (taxminan 5 mln 94 ming dollar) sotildi, deya xabar berdi mahalliy Choson.biz nashri. Bu ushbu hududdagi eng yuqori tranzaksiya bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hashamatli xarid 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A. tomonidan o‘tgan yilning noyabr oyida amalga oshirilgan. Xaridorning manzili sifatida Toshkentdagi “Koreya-O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot klinikasi” ko‘rsatilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 7,4 mlrd vonning barchasi naqd pulda to‘langan, chunki mulk dalolatnomasida alohida ipoteka ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
Banpo Xi jami 3410 ta turar-joydan iborat katta majmua bo‘lib, bu yerdagi xonadonlarda Janubiy Koreyaning bir qator boy va mashhur insonlari yashaydi.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
07:40 / 27.11.2025
Qaysi shaharlarda kvartira narxi osmonda? Dunyodagi eng qimmat uy-joy xaritasi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
12:36 / 14.11.2025