«Lukoyl» O‘zbekistonda yangi hududlarni o‘rganadi
«O‘zbekneftgaz» rahbariyatining ma'lum qilishicha, Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistonda yangi hududlarda o‘rganish ishlarini olib borayotganligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Lukoyl» bilan yangi bloklarni o‘rganish yuzasidan memorandum imzolangan. Unga ko‘ra, mahalliy va xorijiy mutaxassislar mavjud geologik ma'lumotlarni o‘rganib chiqishadi. O‘rganish ishlari Navoiy viloyati hududidagi uchta blok bilan bog‘liq», — deydi «O‘zbekneftgaz» AJ ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Nodir Muhiddinov.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil yakuniga qadar o‘rganish ishlari yakunlanadi hamda kelasi yil avvalida bevosita geologik tadqiqot ishlari boshlanishi kutilmoqda.
Kompaniyaning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi 8 milliard dollarga yaqin, deya baholanadi.
2019 yil O‘zbekistonda 146 ta yangi quduqlarni burg‘ilash, 159 ta mavjud quduqlarda kapital ta'mirlash ishlari va 7 ta yirik texnologik qurilmalarni qurib, ishga qo‘shish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024