Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:16 / 29.03.2023
5986
1 daqiqa o‘qiladi
Qamchiq orqali turistik mikroavtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, temiryo‘l va avtotransport sohasida:
- 1 iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;
- 1 apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;
- 2023 yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;
- 10 apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, Qamchiq dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025
Keksalar uchun turizm oyligi: O‘zbekistonda mehmonxona, transport va muzeylar uchun chegirmalar berilmoqda
18:02 / 25.11.2025