Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1758taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi
«2020 yil 23 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.
So‘nggi kunlarda kasallikdan sog‘ayganlar soni yangi zararlanish holatlaridan osha boshladi.
21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, bugun esa 42 nafar kishida kasallik aniqlangan.
Bu kunlarda mos ravishda 96, 93 va 111 nafardan bemorlar tuzaldi.
Kasallik tarqalishni boshlagandan buyon jami 561 kishi kasallikdan sog‘aydi, 7 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025