Xitoylik jurnalist va huquq himoyaçisi Çjan Çjan «janjal çiqariş va tartibsizliklarni qözğatiş» ayblovi bilan qöşimça ravişda 4 yillik qamoq jazosini oldi.

2020 yilda u Uhan şahrida koronavirus pandemiyasi boşlanişini yoritgan va xuddi şunça muddat qamoq jazosini olgan edi. Bu haqda «Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotiga tayanib Reuters xabar berdi.

Çjan birinçi marta 2020 yilda pandemiyaning dastlabki haftalarida Uhandan fotosuratlar va reportajlar berganidan keyin hibsga olingan. Şu yil dekabr oyida u «janjal va tartibsizliklarni qözğatgani» uçun 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Söngra qamoqda oçlik e’lon qildi. Çjan advokatlarining ta’kidlaşiça, şundan söng huquq-tartibot idoralari uni majburiy ovqatlantiriş jarayonidan ötkazgan.

Çjan 2024 yil may oyida qamoqdan ozod qilingan, biroq uç oydan söng yana hibsga olingan. «Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotining ta’kidlaşiça, unga 19 avgust kuni Xitoyda inson huquqlari buzilişi haqidagi maqolalaridan keyin yangi hukm e’lon qilingan.

2024 yil dekabr oyida AQŞ Kongressi Vakillar palatasining COVID-19 böyiça komissiyasi hisobot e’lon qildi, unda virus tarqalişining ehtimoliy sababi sifatida Xitoyning Uhan şahridagi laboratoriyadan tasodifiy sizib çiqiş körsatilgan.

Xitoy koronavirusning Uhan laboratoriyasidan tarqalganini muntazam rad qilib kelmoqda.