AQŞ Soğliqni saqlaş vazirligi gripp viruslari yoki koronaviruslar keltirib çiqaradigan respirator kasalliklarning oldini oliş uçun möljallangan mRNK-vaksinalarini işlab çiquvçi farmatsevtika kompaniyalarini 500 million dollardan mahrum qiladi. Bu haqda 5 avgust, seşanba kuni vazirlik rahbari kiçik Robert Kennedi ma’lum qildi.
AQŞ Soğliqni saqlaş vazirligi veb-saytida e’lon qilingan hujjatda aytilişiça, qaytarib olingan mablağlar yuqori nafas yöllari kasalliklariga qarşi vaksinalarni işlab çiqiş böyiça 22 loyihaga yönaltirilişi kerak edi, çunki töplangan ma’lumotlar uşbu dorilarning samarasizligini körsatmoqda. «Biz uşbu mablağni virus mutatsiyaga uçraganda ham samarali bölib qoladigan xavfsizroq, kengroq emlaş platformalari sohasiga ötkazmoqdamiz», deyiladi vazirlik press-relizida.
Moliyalaştirilişi qisqartirilgan ba’zi loyihalar AQŞning yetakçi farmatsevtika kompaniyalari, xususan Moderna va Pfizer tomonidan amalga oşirilgan. Biroq, bu çora boşqa sohalarda mRNK-texnologiyasidan foydalanişni örganiş böyiça loyihalarga ta’sir qilmaydi, deyiladi press-relizda.
Kiçik Robert Kennedi mRNK-texnologiyasi asosida yaratilgan vaksinalarning tanqidçisi sifatida tanilgan. Biroq, uning özi emlaşga qarşi şaxs sifatida körilmasligini istaydi.

















