O‘zbekiston | 16:21 / 27.04.2026
5573
1 daqiqa o‘qiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?

Haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar esa 2 kun dam oladi.

2025 yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga asosan, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 11 may – dushanba kuni ko‘chirilgan dam olish kuni sifatida belgilangan. Boisi bu yil 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami haftaning shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. 

Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar shunda ketma-ket 3 kun dam oladi:

  • 9 may, shanba – odatiy dam olish kuni;
  • 10 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
  • 11 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun dam oladi:

  • 9 may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;
  • 10 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid