O‘zbekiston | 17:46 / 05.12.2023
27082
1 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiya bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar 3 kun (juma, shanba, yakshanba), haftada 6 kun ishlovchilar esa 2 kun (juma va yakshanba) dam oladi. Bu yil ushbu sana munosabati bilan qo‘shimcha dam olishlarini belgilash yoki dam olish kunlarini ko‘chirish nazarda tutilmagan.

Ochiq manbalardan olingan surat

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, barcha xodimlar uchun 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

2023 yilda bu sana juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani bois 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar qatorasiga 3 kun dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ushbu sana munosabati bilan dam olish kunlarida o‘zgarish (qo‘shimcha) nazarda tutilmagan.

Shundan kelib chiqilsa, haftasiga 6 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar shanba kuni odatdagiday ishga chiqishlari lozim.

Mavzuga oid