O‘zbekiston | 19:16 / 03.12.2025
4686
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida havoni ifloslantirayotganlarni aniqlash uchun vertolyot patruli yo‘lga qo‘yildi

Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Toshkent viloyatida atmosferani ifloslantiradigan manbalarni aniqlash uchun vertolyot patruli yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida maxsus komissiya Toshkent viloyatida vertolyot patrulini yo‘lga qo‘ydi. Bugungi aeropatrul davomida komissiya rahbarlari (A.Abduhakimov, D.Qodirov) vaziyat bilan shaxsan tanishdi hamda atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Aerokuzatuv ekologik me’yorlarni buzayotgan korxona va obektlarni, jumladan, yashirin yoki yetib borish qiyin bo‘lganlarini tezkor aniqlash imkonini beradi. Bunday yondashuv monitoring samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, noqonuniy tashlamalarni aniqlashga va darhol choralar ko‘rishga yordam beradi.

Maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettiradi.

Mavzuga oid