Jahon | 12:42 / 20.03.2018
11390
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Saudiya shahzodasi nimani muhokama qilishi ma'lum bo‘ldi 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning uchrashuvida gap Yaqin Sharqdagi harakatlari uchun «Rossiyani to‘lashga majburlash bo‘yicha qo‘shma usullarni» topish haqida ketadi. Bu haqda The Hill Oq uydagi yuqori mansabli amaldorga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Amerika tomoni Rossiyaning Suriya hududidagi xatti-harakatlaridan norozi bo‘lyapti. Tramp Rossiya tomonidan Bashar Asad hukumatining qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini bloklash to‘g‘risidagi qaror haqida so‘z yuritadi.

«Muzokaralar chog‘ida gap Rossiyani Suriyadagi faoliyati, Eron yadro dasturini qo‘llab-quvvatlayotgani va Tehronning Yamandagi fuqarolik urushiga aralashuvi uchun narx to‘lashga majburlash bo‘yicha qo‘shma usullarni topish, birgalikda yechim izlash haqida ketadi. Bu harakatlarning bari inqirozni chuqurlashtirishi hamda yirik mintaqaviy falokatga olib kelishi mumkin», - deya aytib o‘tgan manba.

Mavzuga oid