Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta shaharlardagi jamoat joylarida xizmat itlari patrullik qila boshladi
Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tomonidan jamoat joylarida, xususan, xiyobonlar, istirohat bog‘lari va bozorlarda giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida xizmat itlaridan foydalanish tartibini belgilovchi qo‘shma qaror qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, dastlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joylashgan jamoat joylarida xizmat itlari bilan birgalikda patrul naryadlari tajriba-sinov tariqasida faoliyat boshladi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar IIBB Kinologiya bo‘limi xodimlari “Tashkent City Mall” savdo majmuasi, “City Park”, “Dream Park” va “Magic City” ko‘ngilochar maskanlarida xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Xizmat itlari yordami jinoyatlarning oldini olishda, xususan, fuqarolarga yoki xodimlarga hujum uyushtirish holatlarini bartaraf etishda, jinoyat sodir etgandan keyin yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ushlashda, shuningdek, qo‘lga olingan shaxslarning qochishga urinishi yoki atrofdagilarga zarar yetkazish ehtimoli mavjud vaziyatlarda qo‘llaniladi.
Qarorga muvofiq, jonivorlarning xizmat davomiyligi ob-havo harorati +30°C dan yuqori yoki +1°C dan past bo‘lgan paytlarda 4 soatdan oshmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025
Oq uy yaqinidagi otishmadan so‘ng AQSh Milliy gvardiyasi xizmatchisi halok bo‘ldi
14:22 / 11.09.2025
Nukusdagi dala o‘quv maydonida yuz bergan portlashda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi
20:29 / 02.08.2025