Sport | 14:19 / 20.05.2017
5051
1 daqiqa o‘qiladi

Xavi «As-Sadd» bilan Qatar kubogida g‘alaba qozondi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Xavi Ernandes hozirda to‘p surayotgan Qatarning «As-Sadd» jamoasi bilan joriy mavsumdagi ikkinchi sovrini qo‘lga kiritdi.

«As-Sadd» Qatar amiri kubogi finalida Mikael Laudrup boshchilik qiladigan «Ar-Rayyan» klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Klub rasmiy tvitteri g‘alabani uch yil oldingi natija bilan eslagan. O‘shanda kubokni qo‘lga kiritgan Raul va yangi g‘olib Xavining kubokni o‘pib tushgan rasmlari joylangan.

«Tarix takrorlanmoqda. Uch yil oldin bu Raul bilan qayd etilgandi. Endi — Xavi bilan. «As-Sadd» afsonalarni birlashtiradi», — deb yozilgan klub tvitterida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid