Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
AQSh Davlat departamenti ma’lum qilishicha, Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana 45 kunga uzaytirildi.
Foto: picture alliance
AQSh Davlat departamenti vakili Tommi Pigott 15 may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, kelishuv Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida qabul qilingan.
Amaldagi sulh rejimi 17 may kuni yakunlanishi kerak edi. Pigottning ma’lum qilishicha, Isroil va Livan diplomatlari o‘rtasidagi muzokaralar AQSh Davlat departamenti vositachiligida 2–3 iyun kunlari yana davom ettiriladi.
Shuningdek, 29 may kuni Pentagonda ikki davlat harbiylari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Ushbu muhokamalar ikki davlat o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish, shuningdek umumiy chegara bo‘ylab haqiqiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi, deb umid qilamiz”, — deb yozdi Pigott.
14 aprel kuni Vashingtonda 1993 yildan beri ilk bor Isroil va Livan vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki davlatning AQShdagi elchilari ishtirok etgan.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni boshlash tomon qadam tashlagani ma’lum qilingan.
16 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasida sulh tuzilganini e’lon qilgan, keyinroq esa uning uzaytirilishini ma’lum qilgan edi.
Shundan keyingi kunlarda esa tomonlar bir-birini otashkesim rejimini buzishda ayblab kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:38 / 14.05.2026
Isroil Netanyahu BAAga maxfiy tashrif buyurganini aytdi. BAA rad qildi
16:39 / 11.05.2026
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
14:52 / 10.05.2026
Livanda Isroil zarbasi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
20:09 / 08.05.2026