2026 yil bahorda – Isroilning Erondagi harbiy kampaniyasi avjiga çiqqan paytda boş vazir Binyamin Netanyahu BAA rahbari bilan uçraşiş uçun uşbu mamlakatga «maxfiy taşrif buyurgan». Bu haqda 13 may kuni Isroil boş vaziri idorasi bayonot berdi.
Netanyahuning idorasi taşrif aynan qaçon bölgani, u qanday sayohat qilgani yoki amirliklar yetakçisi şayx Muhammad bin Zoid Nahayon bilan nimalarni muhokama qilganiga aniqlik kiritmadi. Bayonotda uşbu taşrif BAA va Isroil örtasidagi munosabatlarda «tarixiy buriliş yasagani» aytilgan.
BAA rad qildi
Isroil hukumati bayonoti e’lon qilinganidan bir neça soat ötgaç, BAA bunday taşrif amalga oşirilganini rad etdi.
«Birlaşgan Arab Amirliklari Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning BAAga taxmin qilinayotgan taşrifi yoki mamlakatda Isroilning har qanday harbiy delegatsiyasini qabul qilganlik haqida tarqalayotgan xabarlarni rad etadi», deyiladi BAA taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Şuningdek, bayonotda BAA Isroil bilan munosabatlarini oçiq-oşkora olib borişi aytilgan. Şuning uçun «e’lon qilinmagan taşriflar yoki oşkor etilmagan kelişuvlar haqidagi har qanday da’volar, agar ular BAAning tegişli organlari tomonidan rasman e’lon qilinmasa, mutlaqo asossizdir».

New York Times'ning yozişiça, uşbu ziddiyatli bayonotlar munosabatlardagi nozik jihatlarni namoyon etmoqda.
Uruş davomida Eronning qöşni davlatlarga hujumlaridan eng köp zarar körgan Amirliklar Isroil bilan ittifoqni yanada mustahkamlagan. BAAga Isroil mudofaa tizimlari örnatildi va yuqori darajadagi rahbarlar örtasida telefon muloqotlari olib borilmoqda. Şunga qaramay, arab dunyosidagi jamoatçilik fikri asosan Isroilga qarşi bölib qolmoqda.
Eron ham masalaga aralaşdi
Eron ham bu masalaga öz ogohlantirişi bilan aralaşdi. Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ijtimoiy tarmoqdagi postida «Isroil bilan til biriktiriş keçirib bölmas holat» ekanini aytdi. Şundan söng u Isroil bilan hamkorlik qilayotganlar «javobgarlikka tortilişini» va’da qildi. Ammo Amirliklarning nomini töğridan töğri tilga olmadi.
Eron rasmiylari Amirliklarni 2020 yilda ham «Ibrohim kelişuvlari» orqali Isroil bilan örnatgan yaqin aloqalari uçun tanqid qilgandi. Ammo Eronning BAAga hujumlari Amirliklarni Isroilga yanada yaqinlaştirgan körinadi.
Uruşning ortidan yaqinlaşayotgan BAA va Isroil
28 fevralda AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan beri Amirliklar boşqa har qanday davlatga qaraganda köproq Eron dronlari va raketa zarbalariga duç keldi. Uşbu hujumlar energetika obektlari, aeroportlar va mehmonxonalarga talafot yetkazdi hamda kamida 10 nafar tinç aholining hayotiga zomin böldi.
May oyida Eron taşqi işlar vazirligi, agar Amirliklar Isroil va AQŞdan uzoqlaşmasa, «xavfli oqibatlarga» duç kelişi haqida ogohlantirgandi. Bir neça soat ötgaç, BAA Eronning yangi raketa va dron hujumi haqida xabar berdi. Şundan söng, Netanyahu şayx Muhammad Zoidga qönğiroq qilib, unga birdamlik bildirdi.
Ötgan haftada Isroil özining «Temir gumbaz» (Iron Dome) havo mudofaa tizimini Amirliklarga joylaştirgani haqida xabar berilgandi. Bu HHM tizimining arab davlatini himoya qiliş uçun işlatilgani ma’lum bölgan birinçi holatdir. AQŞning Isroildagi elçisi Mayk Hakabi esa seşanba kuni uşbu joylaştirişni tasdiqladi.

«BAAga minnatdorçilik, çuqur ehtirom va hayratimni bildira olamanmi? Ular «Ibrohim kelişuvi»ning birinçi a’zosi bölişdi, buning natijasida qanday manfaatlar körganlariga bir qarang», dedi Hakabi Tel-Avivdagi konferensiyada.
NYT'ning yozişiça, uzoq vaqtdan beri arab davlatlari tomonidan yakkalanib kelayotgan Isroil uçun bu kelişuvlar – Yaqin Şarqqa kengroq integratsiyalaşuv yölida juda qadrli.
«Ibrohim kelişuvlari»lari imzolanganidan beri isroillik sayyohlar va investorlar Amirliklarning eng yirik şahri – Dubayga oqib kela boşladi. Texnologiya va energetika kompaniyalari yangi şartnomalar imzoladi. Netanyahuning özi ham yillar davomida BAAga rasmiy taşrif buyuriş böyiça köplab rejalar qilgan. Ammo ularning heç biri şu paytgaça amalga oşmagandi.












