Isroilning sönggi aviazarbalarining aksar qismi Livan janubi böylab berilgan. Isroillik harbiylar Eron tomonidan qöllanadigan qurolli guruhlarga aloqador infratuzilmalar va şaxslarni öqqa tutganini aytmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 16 aprel kuni Isroil va Livan hukumatlari örtasida otaşkesim böyiça kelişuv tuzilganini e’lon qilganiga qaramay, Isroil va «Hizbulloh» örtasida zarbalar almaşinuvi töxtamayapti.
Tomonlar bir-birini sulhni buzişda ayblamoqda.
Livan soğliqni saqlaş vazirligiga köra, eng jiddiy zarbalar mamlakat janubida joylaşgan Sayda şahri yaqinidagi Ayn-ed-Delb tumaniga töğri kelgan, bu yerda turar joy binosi vayron bölib, önlab kişilar xarobalar ostida qolgan.
«Hizbulloh» isroilliklarning sönggi zarbalariga javoban Isroil şimoli böylab dronlar hujumini amalga oşirdi. Şuningdek, Isroil qöşinlarining Livan janubidagi pozitsiyalari öqqa tutilgan. Isroil harbiylari xabar qilişiça, buning oqibatida uç nafar isroillik askar yaralangan.
Mojaroning yangi bosqiçi
Isroil va «Hizbulloh» örtasida 2024 yil noyabrida öt oçişni töxtatiş haqida kelişuv tuzilib, mojaroning oldingi bosqiçi yakunlangandi. Lekin şundan keyin ham Isroil vaqti-vaqti bilan «Hizbulloh»ga aloqador nişonlar böylab zarbalar berib turdi.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga hujum qilib, mamlakat rahbariyati vakillarini öldirişi ortidan 2 mart kuni «Hizbulloh»Isroil böylab raketa va dronlar uçirdi.
Bunga javoban Isroil Livan böylab yopirilma zarbalar yöllaşga kirişdi. Mart oyi boşida Isroil qöşini yana quruqlik orqali Livan janubiga kirib, aholi yaşaş manzillarini vayron qildi hamda Livan içkarisiga 10 kilometr masofadagi hududlarni öz nazoratiga oldi.
Isroil rasmiylariga köra, uşbu amaliyotdan közlangan maqsad Isroilning şimoliy hududlarini himoya qiliş uçun «Hizbulloh»dan xoli bölgan xavfsizlik zonasini yaratişdir.
Bu hududlarda Isroil armiyasining Ğazodagi harakatlarini eslatuvçi usullar bilan butun boşli qişloqlar vayron qilingan.
Inson huquqlari taşkilotlari ayrim holatlar harbiy jinoyatlar ta’rifiga tuşişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Livan soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qilişiça, sönggi hafta mobaynida Isroil hujumlari oqibatida butun mamlakat böylab 120 dan ortiq kişi halok bölgan, qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Vazirlik qurbonlarni harbiylar va tinç aholi vakillariga ajratmagan.








