O‘zbekiston | 13:09 / 22.01.2021
4777
2 daqiqa o‘qiladi

«8153 nafar yurtdoshimiz koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etyapti» - Nurmat Otabekov emlash tadbirlari haqida gapirdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) doirasida Pfizer/BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Comirnaty vaksinasi dastlabki bosqichda 100 ming doza hajmida mamlakatga olib kelinishini ma'lum qildi. Bu xavf guruhiga mansub 50 ming nafar aholini ikki marotaba emlashga yetadi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Bundan tashqari, milliy emlash kalendariga muvofiq, respublikada 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mamlakat tibbiyot tizimining barcha bo‘g‘inlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining barcha talablariga javob beradigan 2-8 ℃ haroratga mo‘ljallangan sovuqlik zanjiri infratuzilmasi to‘liq yaratilgan. Rossiyadan olib kelingan 100 doza “Sputnik V” vaksinasi -20 ℃ haroratda saqlab turilibdi. Bir vaqtning o‘zida “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash va O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi rekombinant vaksinalar keltirilgan bo‘lib, ularning sinov jarayonlarida 8 nafar xitoylik mutaxassis ham ishtirok etmoqda va amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qoshida tashkil etilgan immunizatsiya shtabi tomonidan kuzatib borilmoqda.

“2021 yilning 21 yanvar holatiga koronavirus kasalligiga qarshi vaksinaning sinov jarayonida ishtirok etish istagini bildirib, 8153 nafar ko‘ngillilar murojaat etdi. Qachonki, u yoki bu davlatda aholining 70 foizdan ortiqrog‘ida turg‘un immunitet bo‘lmas ekan (kasallanish yoki emlashdan keyin), epidemik jihatdan barqarorlikni ta'minlash qiyin bo‘ladi. Faqat, virus yuqtirganligi yoki yuqtirmaganligidan qat'i nazar koronavirusga qarshi emlanish mazkur virus bilan kasallanishni saqlaydigan asosiy omil bo‘lib qolaveradi”,- deb ta'kidladi Nurmat Otabekov.

 

 

Mavzuga oid