Sönggi kunlarda Hindistonda Nipah virusi keng tarqalayotgani hamda u oğir oqibatlarga olib kelişi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Xöş, nipah qanday virus? U qay hollarda yuqadi? Virusning Özbekistonda tarqaliş ehtimoli bormi? Uşbu savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov batafsil javob berdi.
«Avvalo şuni aytiş kerakki, mamlakatimizda Nipah virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga heç qanday asos yöq. Boisi uning Özbekiston hududida tarqaliş ehtimoli juda past.
Şu bilan birga, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti uşbu virus dunyoda ham keng kölamli epidemiya yoki pandemiya keltirib çiqariş ehtimoli yöqligini ta’kidlamoqda.
Gap şundaki, Nipah ilk bor qariyb 30 yil avval aniqlangan bölib, xavfli viruslar toifasiga kiradi. U asosan, körşapalaklar va çöçqalar orqali yuqadi. Ayniqsa, körşapalaklar tişlagan yoki tirnoq izi tuşgan mevalarni iste’mol qiliş, şu hayvonlar bilan yaqin va muntazam muloqotda böliş virus yuqiş xavfini oşiradi.
Şuningdek, ayrim hollarda u odamdan odamga ham yuqişi mumkin. Bu esa, asosan, bemor bilan yaqin aloqada bölganlarda kuzatiladi. Şu jumladan, tibbiyot xodimlari ham xavf guruhiga kiradi.
Uşbu virus köp hollarda yaşirin yoki simptomsiz keçadi. Uning oğir şaklida boş miya qobiği yalliğlanişi (meningoensefalit), jigar, buyrak va taloq faoliyatining buzilişi kabi jiddiy belgilar hamda ba’zida ölim holatlari kuzatilişi mumkin.
Afsuski, dunyoda Nipah virusiga qarşi alohida vaksina işlab çiqilmagan. Muolaja jarayoni, asosan, simptomatik, ya’ni bemordagi belgilarga qarab olib boriladi.
Bu virusning mamlakatimizga kirib keliş ehtimoli juda past bölsa-da, şu kunlarda Hindistonga borişni rejalaştirayotgan yurtdoşlarimizga bir neçta profilaktika çoralarini köriş tavsiya etiladi.
Xususan, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöllarni sovun yoki antiseptik vositalar bilan tozalaş, meva va sabzavotlarni iste’mol qilişdan avval yaxşilab çayiş, tekşirilmagan suvni içmaslik, körşapalaklar tirnagani yoki tişlagani ehtimoli bölgan mevalarni iste’mol qilmaslik lozim.
Agar yuqori harorat, kuçli boş oğriği yoki boşqa kasallik belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş kerak.

















