Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarşi vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani, xususan, ular saratonga çalinişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekov bunday xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.

«Avvalo, uşbu xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini alohida ta’kidlaş kerak. Ma’lumotlarga köra, pandemiya boşlangandan to hozirgaça dunyo böyiça 710 million kişi bu kasallikka çalingan, 7 milliondan köproği hayotdan köz yumdi. Agar vaksina topilmagan va emlaş tadbirlari uyuşqoqlik bilan ötkazilmaganda, bu raqamlar bir neça barobar yuqori bölişi mumkin edi. Buni vaksina kaşf etilgunga qadar ötgan bir yil davomida ölim körsatkiçi yuqori bölgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Mutaxassis sifatida şuni aytmoqçimanki, qöllangan vaksinalar genomga salbiy ta’sir qilmaydi, bu öz isbotini topgan. Töğri, vaksinani qabul qilgan ayrim odamlarda turli salbiy holatlar, masalan, nafas oliş qiyinlaşuvi, tana harorati oşişi va yurakning tez urişi kabi belgilar kuzatilgan. Ammo bu vaqtinçalik bölib, emlangandan söng 2-3 kun ötgaç, barçasi ortda qolgan.

Videoda onkologik kasalliklar xavfi ham vaksinaga boğliqligi va emlaşdan keyin tanada paydo bölgan salbiy holat(qabul qilingan vaksina)dan qutuliş uçun esa karabaş va arslonpanjasi giyohlaridan foydalaniş tavsiya etilganki, bu har bir mutaxassisni taajjubga solişi, şubhasiz.

Bu sohadan umuman yiroq bölgan odamning fikridan boşqa narsa emas. Karabaş şamollaş, nafas yöllari yalliğlanişida, arslonpanjasi esa ayollarda gormonal holatni mö’tadil uşlab turiş maqsadida qaynatma sifatida işlatib kelingan. Şundan kelib çiqilsa, uşbu ikki giyoh vaksinadan keyin paydo bölgan immunitetga ta’sir körsatiş va yöq qiliş xususiyatiga ega emas», degan rasmiy.

Pandemiya davrida bir qator vaksinalar qöllanib, epidemik vaziyat yumşatilgani, dunyo böylab millionlab insonlar hayoti saqlab qolingani ta’kidlangan.

Bu kabi xabarni tarqatiş hamda bunday ma’lumotlarga işonişdan oldin mutaxassis bilan maslahatlaşiş söralgan.