Jamiyat | 13:10 / 31.01.2018
15217
1 daqiqa o‘qiladi

Rog‘un GES birinchi agregati muammolarga qaramay, o‘z vaqtida ishga tushiriladi – Tojikiston 

Foto: President.tj

Rog‘un GES qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda, gidrostansiyaning birinchi agregatini joriy yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha pudrat tashkilotlari gidroelektrstansiyaning birinchi agregatini belgilangan muddatlarda, ya'ni joriy yilda ishga tushirish majburiyatini olishgan.

«Ba'zi muammolar bor, biroq biz ishonamizki, mamlakat rahbariyatining loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha topshirig‘i bajariladi», - deya ta'kidlab o‘tgan vazir.

Shu bilan birga, Energetika vazirligi rahbari ushbu loyihani amalga oshirishda aynan qanday muammolar borligiga aniqlik kiritmadi.

2016 yilning oktabridan beri Rog‘un GESni qurish ishlari bilan Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid