Tojikistondagi Roğun suv omboridan foydalaniş Amudaryo quyi oqimidagi noyob ekotizimlarning tanazzulini 60-100 yilga uzaytiradi. Bu haqda «Çegara bilmas daryolar» (Rivers without Boundaries) xalqaro ekologik koalitsiyasi öz hisobotida ma’lum qildi.

Ekspertlar xulosasiga köra, ulkan GES loyihasining transçegaraviy ta’sirini baholaş Jahon bankining ekologik va ijtimoiy standartlariga «töliq mos kelmaydi va fundamental kamçiliklarga ega». Hisobotda ta’kidlanişiça, baholaş 2014 yildagi eskirgan ma’lumotlar va statik ssenariylarga asoslangan. Ular iqlim özgarişi dinamikasini va Amudaryo havzasidagi real gidrologik vaziyatni hisobga olmasligi ta’kidlanmoqda.

Ekologlar fikriga köra, Roğun GES loyihasini işlab çiquvçilar asosiy taşqi omillarni e’tiborsiz qoldirgan. Ular orasida Afğonistondagi Qöştepa kanali qurilişi ham bor bölib, u mintaqaning suv muvozanatiga sezilarli ta’sir körsatadi.

«Ekologik ruxsatnomalar va sun’iy suv toşqinlari böyiça qat’iy majburiyatlarni joriy etmasdan, loyiha noyob tabiiy majmualarning tanazzulini aslida bir asrga uzaytiradi, bu esa xalqaro moliya institutlarining tabiatni muhofaza qiliş tamoyillarini bevosita buzişdir», dedi «Çegara bilmas daryolar» koalitsiyasining xalqaro koordinatori Yevgeniy Simonov.

Hisobotda Amudaryo deltasining Ramsar konvensiyasi bilan muhofaza qilinadigan biologik xilma-xillik va suv-botqoq yerlari uçun xavf-xatarlarga alohida e’tibor qaratilgan. Roğun GES ta’sirini baholaşda qurğoqçil davrlarda uşbu muhim hududlarga suv yetib borişini kafolatlaydigan aniq mexanizmlar mavjud emas. Koalitsiya ekspertlari quyi mintaqa mamlakatlarida jamoatçilik va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlaşuvlar jarayonida jiddiy böşliqlar mavjudligini ta’kidlamoqda. Bu loyihaning ijtimoiy maqbulligi töğrisida çiqarilgan xulosalarning qonuniyligini şubha ostiga qöyadi.

«Biz quyi hududlarda joylaşgan aholi va ekotizimlar manfaatlarini e’tiborsiz qoldirişning xavotirli tendensiyasini kuzatmoqdamiz», dedi «Çegara bilmas daryolar» koalitsiyasining mintaqaviy koordinatori Aleksandr Kolotov.

Uning sözlariga köra, Özbekiston va Turkmanistonda loyihaning ta’sir zonasida maslahatlaşuvlar ötkazilmagan. Oqimning mavsumiy qayta taqsimlanişi va Qöştepa kanalining işga tuşirilişi bilan boğliq xavflar umuman e’tiborsiz qoldirilgan.

«Bu mintaqadagi eng yirik infratuzilma loyihasi transçegaraviy hamkorlikning işonçli poydevorisiz va qöşnilarning fikrini hisobga olmasdan ilgari surilayotgan xavfli pretsedentni yaratadi», dedi Kolotov.