Özbekiston suv xöjaligi vaziri Kun.uzʼga intervyu berdi. Suhbat davomida Şavkat Hamroyev suv tanqisligi, uni tejaş va qişloq xöjaligida ratsional foydalaniş, Orol böyiça loyihalar, Qöştepa kanalining qurilişi va Özbekistonning Afğoniston bilan muzokaralari, Roğun GES va boşqa masalalarda fikrini bayon qildi. Vazir Qöştepa kanaliga töxtalarkan, muammo loyihada emas, afğonlarning keyin qança suv olişida ekanini aytib ötdi.
Suv xöjaligi vaziri – Şavkat Hamroyev bilan suhbat bu yilgi mavsumda qişloq xöjaligi va tomorqa yerlari uçun kutilayotgan suv ta’minoti prognozlaridan boşlandi. Uning aytişiça, bahor ança yoğingarçiliklarga boy keldi, lekin infratuzilma, ya’ni yerlarga yetib boruvçi ariqlar, suğoriş nasoslari, yerlarning holati bunga tayyor bölmasa, bari bekor. Otang mirob bölsa ham, ariğingni çuqur qazi deyilgan, demak suv kam-köpligi emas, uni qanday yerlarga yetkaziş muhim, deydi vazir.
Irrigator va suv masalalari böyiça ekspertlar Özbekistonda ariq va kanallarning betonlaştirilişi haqida turli fikrlarga ega. Ba’zilar betonlaştiriş katta xarajat bölgani sabab joylarga plastik quvurlar bilan suv yetkaziş samaraliroq degan fikrda. Bu yondaşuvga vazir Hamroyev öz munosabatini bildirar ekan, Özbekistonda ham u, ham bu, ya’ni ham betonlaştiriş, ham plastik quvurlar tajribasidan foydalanilayotganini aytdi.
Vazirning qöşimça qilişiça, mavjud suvlarning kamida 30-40 foizi yerga singib, parlanib ketadi. Betonlaştirilgan holatda esa suvning yöqotilişi kamayadi.
Markaziy Osiyo haqida gap ketganda bugun tilga olinadigan asosiy muammolardan biri – suv. Mintaqa aholisi muntazam köpayib bormoqda, suvga bölgan talab ham doim yuqori. Bundan taşqari, Markaziy Osiyo kuçli iqlim özgarişi va qurğoqçilik, suv taqçilligi muammosi bilan yuzlaşmoqda. Şunday şaroitda mintaqa davlatlari birgalikda qaror qabul qilişi juda muhim.
Vazirga köra, sönggi 9-10 yildan beri mintaqaviy muloqot tiklandi, avval mutlaqo dialog bölmagan. Biz bir-birovimizning qora kunimizda birgamiz, deydi u.
“Bilasizmi, avval şu muloqotlar yöq edi. Hozir bir stol atrofida yiğilyapmiz, davlatlar bir-birimizni tuşunamiz. Masalan, biz qişda elektr beramiz, yozda suv olamiz. Şunday qilib kelişib işlamasak bölmaydi”, - deydi Şavkat Hamroyev.
Vazir bilan suhbatda Orol fojiasi haqida ham gaplaşdik. E’tiborlisi şundaki, hukumat a’zosi ruslarning notöğri suv siyosati sabab Orol qurigan, degan ehtimolga töliq qöşilmaydi. Butun karerasi suv xöjaligida ötgan Şavkat Hamroyevning şaxsiy tahliliga köra, Orol qurişining asosiy sababi – ekologik omillar.







