Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqida tug‘ilish darajasi rekord darajada pasaydi
O‘tgan yili mintaqada 3,665 million chaqaloq tug‘ildi, bu 1961 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Foto: Louise Kennerley
Yevropa Ittifoqida 2023 yilda rekord darajada kam chaqaloq tug‘ildi, deb yozdi Financial Times nashri Eurostat ma’lumotlariga tayanib.
Statistika xizmati 4 million chaqaloq tug‘ilishini bashorat qilgan edi, biroq 3,665 million tug‘ildi, bu ma’lumotlar yig‘ish boshlangan 1961 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkich 2022 yil darajasiga nisbatan 5,5 foizga kamaydi, bu ham butun kuzatishlar tarixidagi yillik ko‘rsatkichlarda eng jiddiy pasayish bo‘ldi.
Nashrning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqida tug‘ilishning eng yuqori ko‘rsatkichi 1960 yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu ko‘rsatkich keskin pasaygan va taxminan AQSh bilan bir xil darajada. FT qo‘shimcha qiladiki, tug‘ilishning past darajasi budjetga yuklamani oshiradi, chunki mehnatga layoqatli aholi soni kamayadi, sog‘liqni saqlash va pensiya xarajatlari oshadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining demografiya bo‘yicha xodimi Guanyu Chjan so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aholisining farzand ko‘rish yoki ko‘rmaslik haqidagi qaroriga «kelajak haqidagi noaniqlik, yashash va uy-joy narxining oshishi, shuningdek, ko‘plab global inqirozlar, jumladan, koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi va geosiyosiy keskinliklar ta’sir qilishi mumkin».
Tug‘ilishning pasayish tendensiyasi Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida ko‘proq kuzatilgan. U yerda so‘nggi o‘n yil ichida tug‘ilish darajasi kamida 25 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
09:31 / 14.02.2026
Makron YeI xavfsizlik siyosatini tubdan o‘zgartirishga chaqirdi
21:32 / 12.02.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:40 / 09.02.2026