Yevropa Ittifoqi öz xavfsizlik siyosatini jiddiy tarzda qayta körib çiqişi kerak, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron juma kuni, 13 fevralda Myunxen xavfsizlik konferensiyasida sözga çiqar ekan. Makron aytişiça, hozirgi xavfsizlik konsepsiyasi Sovuq uruş davrida işlab çiqilgan bölib, endi u dolzarb emas.
Uning sözlariga köra, Yevropa uzoq muddatli strategik fikrlaşga e’tibor qaratişi lozim. Xususan, gap “uzoq masofaga möljallangan harbiy zarbalar” beriş salohiyatini rivojlantiriş va Fransiyaning yadroviy tiyib turiş tizimi Yevropa xavfsizlik arxitekturasiga qanday integratsiya qilinişi mumkinligini örganiş haqida ketmoqda, deb tuşuntirdi Makron. U qöşimça qilib aytdiki, bu masala yuzasidan u allaqaçon ayrim Yevropa davlatlari yetakçilari bilan maslahatlaşuvlarni boşlagan.
“Hozir — kuçli Yevropa uçun ayni vaqt, — dedi Fransiya prezidenti. — Yevropa geosiyosiy derjava bölişni örganişi kerak. Bu bizda ‘DNK’ darajasida mavjud bölgan narsa emas edi”.
Fransiya prezidentining fikriça, Ukrainadagi uruşni töxtatiş Moskva olib borayotgan tajovuzkor siyosatning özgarişiga olib kelmaydi, şuning uçun Yevropa Rossiya bilan kelajakda qanday yonma-yon yaşaşini oldindan öylab qöyişi kerak.
“Hatto Ukraina böyiça kelişuvga erişsak ham, baribir tajovuzkor Rossiya bilan işlaşimizga töğri keladi, — dedi Emmanuel Makron. — Biz keskinlaşuv xavfini çeklaydigan birga yaşaş qoidalarini belgilaşimiz kerak. Geografiyamiz özgarmaydi. Biz Rossiya bilan qöşni bölib yaşaşda davom etamiz”.
Bundan oldin Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius DW’ga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining harakatlari faqat Yevropa mintaqasiga emas, balki butun dunyoga ham tahdid solayotganini aytgan.
“Yadroviy tiyib turiş masalasida gap ketganda, ittifoq içida işonç va işonçlilikni yöqotmasligimiz kerak. Çunki Rossiya — global tahdid. AQŞ buni öz mudofaa strategiyasida tan olgan, ular bu haqda oçiq yozib qöygan. Bu endi ayrimlar avval aytganidek, faqat mintaqaviy tahdid emas — bu global tahdid. Şuni inobatga olsak, butunlay ravşan: bizning umumiy vazifamiz — har doim tayyor turiş”, — dedi Pistorius.












