O‘zbekiston | 11:27 / 03.04.2019
6235
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar nimalarga yo‘naltiriladi?

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, 2019 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ilk marotaba jahon moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining umumiy hajmi 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni quyidagi yo‘nalish va maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi:

889,2 million AQSh dollarini auksion savdolari o‘tkazish orqali tijorat banklari depozitlariga tegishli shartlarga muvofiq joylashtirish;

20 million AQSh dollarini “Agrobank” ATBga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish;

89,9 million AQSh dollarini “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq xorijiy valutada budjet ssudasi sifatida ajratish.

Tijorat banklarining subordinar qarz sifatida tan olinadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid