Hujjatga köra, çet el valutasida ifodalangan obligatsiyalar – nominal qiymati va daromadi çet el valutasida ifodalangan obligatsiya egasining obligatsiyaning nominal qiymatini va emissiya risolasida nazarda tutilgan daromadni oliş huquqini tasdiqlovçi emissiyaviy qimmatli qoğoz hisoblanadi.

Özbekiston rezidenti va «Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi iştirokçisi bölgan hamda yillik moliyaviy hisobot böyiça mustaqil auditorlik taşkilotining ijobiy xulosasiga ega bölgan yuridik şaxslar çet el valutasidagi obligatsiyalarni çiqarişi mumkin.

Bunda, 1 ta emitent tomonidan valuta obligatsiyalari çiqarilişlarining umumiy summasi 50 mln AQŞ dollari ekvivalentidan oşmasligi zarur.

Valuta obligatsiyalari ta’minlangan yoki ta’minlanmagan holda çiqarilişi mumkin.

Valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz çiqarişga ularni çiqariş töğrisida qaror qabul qilingan sanadagi emitentning öz kapitali miqdori doirasida yöl qöyiladi. Emitentning öz kapitali miqdoridan oşib ketgan taqdirda, emitent valuta obligatsiyalarini ta’minotsiz çiqariş uçun oşib ketgan summa miqdoriga ta’minot taqdim etişi şart.

Valuta obligatsiyalarini çiqariş, joylaştiriş va ularning muomalasi, şuningdek valuta obligatsiyalarining daromadlarini tölaş va söndiriş ustidan nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oşiriladi.