Jahon | 12:07 / 01.06.2023
16588
3 daqiqa o‘qiladi

Olimlar yaqin besh yilda havo haroratining rekord darajada o‘sishidan ogohlantirishmoqda

2023 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davr barcha kuzatishlar tarixida eng issiq yil deb topilgan 2016 yildan ko‘ra issiqroq bo‘ladi, deyiladi Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida.

Foto: Shutterstock

Olimlarning fikricha, yaqin besh yil ichida jahon sanoatlashish davridagidan 1,5°Cga ortiqroq bo‘lgan yangi harorat rekordlariga duchor bo‘ladi.

Bunday prognozga El-Ninyo yoki Janubiy ossillyatsiya —Tinch okeanining ekvatorial qismidagi iqlimga katta ta’sir o‘tkazuvchi suv sirtidagi harorat tebranishlari asos bo‘lmoqda. Okean sirtidagi isigan suvlar sohasi sharq tomon harakatlanmoqda, deb yozadi Reuters.

2015 yilda Parij shahrida imzolangan iqlim bo‘yicha bitimiga ko‘ra, jahon mamlakatlari sanoatlashish davriga nisbatan global haroratni 1,5°Cdan oshirmaslikka kelishib olgan. Olimlarning fikricha, bu chegaradan oshib o‘tish falokatli va qaytarib bo‘lmas oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi, professor Petteri Taalasning qayd etishicha, harorat darajasining muntazam 1,5°Cga oshishini bildirmaydi. Lekin bu belgilangan chegarani tobora tez-tez buzishga to‘g‘ri kelmoqda. Global o‘rtacha harorat ilgari hech qachon 1,5°Cdan oshmagan, eng yuqori ko‘rsatkich sanoatlashish davridagiga nisbatan +1,28°Cga yetgan.

Jahon meteorologiya tashkiloti hisoboti 2023–2027 yillar oralig‘idagi yillardan birida 1,5°Clik chegara buzib o‘tilishi ehtimoli 66 foizga tengligidan ogohlantiradi.

El-Ninyo hodisasini ilk marta perulik baliqchilar ochishgan. Aynan Peru sohillariga yaqin joyda u Mavlid (rojdestvo) bayrami arafasida eng cho‘qqisiga yetadi.

Rekord darajadagi harorat isishi ko‘plab davlatlar, jumladan xavfli chegaralarda yaqinlashib qolgan Janubiy Osiyoda ulkan muammolar keltirib chiqaradi. Olimlarga ko‘ra, haroratning 1,8°Cga oshishi ayniqsa qishloq xo‘jaligida jiddiy tahdidlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Haroratning oshishi insonlar salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitda jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi, deya ogohlantirishmoqda JMT mutaxassislari.

Ular so‘nggi 50 yil ichida iqlim bilan bog‘liq halokatlar va ofatlar soni besh barobarga o‘sganiga diqqat qaratishgan.

Mavzuga oid