Vizualizatsiya uçun ma’lumotlar Jahon banki guruhi tomonidan taqdim etilgan bölib, Climatic Research Unit’ning klimatologik ma’lumotlariga asoslanadi. Örtaça yillik harorat 1991–2020 yillar davrida har bir mamlakat böyiça kunlik eng past va eng yuqori haroratlar örtaçasi sifatida hisoblangan.

Dunyo reytingida Burkina-Faso birinçi örinda: örtaça yillik harorat 30,4°C. Eng issiq mamlakatlar qatorida, şuningdek, Mali, Senegal, Mavritaniya, Jibuti va Gambiya ham bor. Umuman olganda, dunyodagi eng issiq 10 mamlakatning 6 tasi Afrikada joylaşgan.

Visual Capitalist

Bunday yuqori haroratlar jamlanişi köp jihatdan geografiya bilan boğliq. Qit’aning katta qismi ekvatorga yaqin yoki quruq va yarim quruq iqlim zonalarida joylaşgan. Bu hududlarda quyoş nurlanişi kuçli va bulutlilik past bölgani uçun harorat yil davomida yuqori saqlanib turadi.

Afrikadan taşqarida ham bir qator tropik orol davlatlari va Yaqin Şarq mamlakatlarida barqaror yuqori haroratlar qayd etiladi. Masalan, Aruba, Tokelau, Tuvalu va Kyurasaoda örtaça yillik harorat taxminan 28–29°C atrofida, Qatar, Bahrayn va Birlaşgan Arab Amirliklarida ham şunga yaqin körsatkiçlar kuzatiladi.

Bu mintaqalarda haroratning mavsumiy tebranişlari odatda katta emas. Iliq okean suvlari va çöl iqlimi örtaça yillik haroratning yuqori bölib qolişiga yordam beradi.

Harorat şkalasining ikkinçi, eng sovuq qismida esa yuqori kengliklarda joylaşgan yoki katta qutbiy hududlarga ega mamlakatlar turadi. Grenlandiya eng past örtaça yillik haroratga ega — −18,7°C. Keyingi örinlarda Şpitsbergen va Yan-Mayyen (Norvegiyaning Arktika hududlari), Kanada va Rossiya keladi.

Özbekiston Markaziy Osiyoda joylaşgan, keskin kontinental iqlimga ega mamlakat hisoblanadi. Mamlakat böyiça havoning örtaça yillik harorati taxminan 14–15°C atrofida, biroq hududlarga qarab bu körsatkiç sezilarli farq qiladi. Masalan, Qizilqum çöliga yaqin bölgan Qoraqalpoğiston, Buxoro, Navoiy kabi hududlarda yillik örtaça harorat 16–18°C gaça yetadi, toğoldi va toğli mintaqalarda esa (Toşkent viloyatining yuqori qismi, Jizzax, Farğona vodiysi atrofi) harorat ança past böladi.

Özbekiston iqlimi uçun yozning juda issiq, qişning esa nisbatan sovuq bölişi xos. Yoz oylarida ayrim hududlarda havo harorati +40°Cdan yuqori kötarilişi mumkin, qişda esa, ayniqsa, şimoliy va çöl hududlarda −15…−20°C gaça tuşadi. Şu sababli mamlakatda yil davomida harorat amplitudasi katta bölib, bu qişloq xöjaligi, suv resurslari va şahar infratuzilmasiga bevosita ta’sir körsatadi.