Qayd etilişiça, ba’zi kunlarda harorat uzoq muddatli örtaça qiymatlardan sezilarli darajada kötarilişi mumkin, ehtimol bu vaziyat mintaqada vujudga keluvçi termik depressiya jarayoni ta’siri bilan uzviy boğliq.
Şarqiy zona (Farğona vodiysi), Toşkent viloyati toğli hududlari hamda Surxondaryo viloyatida butun yoz davomida havo harorati köp yillik iqlimiy me’yor körsatkiçlariga yaqin bölişi mumkin.
Termik depressiya – bu yozgi sinoptik jarayon bölib, Markaziy Osiyoning janubi-şarqida past bosimli hudud paydo bölişi, quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi (bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati +44...+46 darajaga, ba’zi hollarda, +48 darajagaça yetişi mumkin).
Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 sutkadan 5-7 sutkagaça, ba’zi yillarda esa 1,5–2 haftagaça davom etişi mumkin. Sönggi paytlarda mazkur sinoptik jarayon kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qişloq xöjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuçli zöriqişlar kuzatilmoqda.
Iyun oyining birinçi va uçinçi dekadasi ba’zi kunlarida Özbekiston böylab biroz yoğingarçilik bölişi kutilmoqda. Tekislik hududlarida yozning qolgan oylarida yoğingarçilik ehtimoli deyarli mavjud emas, respublikaning toğ va toğoldi hududlarida qisqa muddatli yoğingarçiliklar böliş ehtimoli mavjud. Bu asosan kunning ikkinçi yarmida lokal xususiyatli ob-şaroiti bilan boğliq.
Şu maqsadda, butun yoz davomida mintaqaning katta qismida yoğingarçilik miqdori köp yillik örtaça qiymatlarga yaqin bölişini (90 foiz-110 foiz) prognoz qiliş mumkin. Faqatgina, Farğona viloyati janubi toğ va toğoldi hududlarida yoğingarçilik bilan boğliq ijobiy vaziyat (110 foiz-130 foiz) bölişi kutilmoqda.








