O‘zbekiston | 23:22 / 09.05.2021
53261
1 daqiqa o‘qiladi

Yakshanba uchun kulchatoy. Saida Mirziyoyeva oilaviy ovqat tayyorlash jarayoni haqida post qoldirdi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida oila davrasida ovqat pishirish jarayoni haqida post joyladi.

«Yakshanba. An'anaga ko‘ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri – kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar, dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to‘planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – sabzi, no‘xatni uzatib turadilar.

Tayyorlanish usuliga ko‘ra kulchatoy kesma lag‘monni eslatadi. Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko‘proq u kutsa kerak», deb yozadi Saida Mirziyoyeva postida.

Mavzuga oid